Bugungi kunda O‘zbekistonda internetdan foydalanuvchilarning katta qismi ijtimoiy tarmoqlarda, xususan Instagram’da faol. NapoleonCat ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatimizdagi Instagram foydalanuvchilarining qariyb 64 foizi erkaklar, 36 foizi esa ayollardan iborat. Bu raqamlar tarmoqning ahamiyati va ta’sir doirasi qanchalik keng ekanini ko‘rsatadi.
Ammo savol tug‘iladi: Instagram – jamiyat uchun ko‘proq imkoniyatmi yoki tahdid?
Ijobiy jihatlar
1. Aloqa va muloqot maydoni bo‘lgan ushbu tarmoq do‘stlar, qarindoshlar va hamfikrlar bilan tezkor aloqa qilish, dunyo bo‘ylab odamlar bilan tanishish imkoniyati ijtimoiy tarmoqning eng katta afzalliklaridan.
2. Platforma orqali fan, tibbiyot, psixologiya yoki shaxsiy rivojlanishga oid ko‘plab bilimlar tarqalmoqda.
3. Tadbirkorlar va kompaniyalar uchun Instagram reklama va mijoz topishning eng samarali kanallaridan biri.
4. Bu yerda o‘zini ifodalash oson, iste’dodli yoshlar o‘z ijodiy ishlarini keng auditoriyaga taqdim etishlari mumkin.
Salbiy jihatlar
1. Yolg‘on obrazlar va solishtirish sindromi. Filtrlar va ideallashtirilgan hayot aks etgan postlar ko‘p hollarda yoshlarning ruhiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
2. Feyk axborot va manipulyatsiya juda ko‘p uchraydi va tez tarqaladi. Instagram orqali tarqalayotgan tekshirilmagan yangiliklar jamoat ongiga salbiy ta’sir qilishi mumkin.
3. Shaxsiy ma’lumotlarni o‘g‘irlash, akkaunt buzilishi yoki onlayn ta’qib holatlari ko‘payib bormoqda.
4. Rilslar tezkorligi va turfa xilligiga qiziqib vaqt o‘tgani sezilmaydi natijada ko‘pchilik uchun Instagram ish yoki o‘qish jarayoniga salbiy ta’sir qilib, samaradorlikni pasaytiradi.
5. Bolalar, ayniqsa o‘smirlar uchun nazoratsiz foydalanish ma’naviy xavflar va diqqat tarqoqligiga olib kelishi mumkin.
Instagram ta’siridagi ayollar
Yuqorida keltirilgan statistikada foydalanuvchilar orasida ayollar ulushining nisbatan kamligini ko‘rsatsa-da, tarmoqning emotsional ta’siriga tushib qolish ayollarda ko‘p uchraydi. Bunga ulardagi fiziologik jarayon sabab bo‘lishi mumkin.
















