Jahon | 18:22 / 18.10.2016
7165
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya samolyotlari Mo‘sulni ozod etish uchun janglarda ishtirok etayotgani tasdiqlandi

Foto: TASS

Turkiya harbiy aviatsiyasi Iroqning Mo‘sul shahrini IShID jangarilaridan ozod qilish uchun boshlangan amaliyotda ishtirok etmoqda. Bu haqda Turkiya bosh vaziri Binoli Yildirimga asoslanib RIA Novosti xabar bergan.

"Mo‘sulni ozod qilish uchun olib borilayotgan amaliyotlarda Iroq shimolidagi Bashik lagerida tayyorlangan iroqlik harbiylar ishtirok etmoqda. Shuningdek, bizning samolyotlarimiz harbiy harakatlarni havodan turib qo‘llab-quvvatlamoqda", degan vazir o‘z partiyasining parlamentdagi fratsiyasi yig‘ilishida qilgan chiqishida.

17 oktabrga o‘tar kechasi Iroq bosh vaziri Haydar al-Obodiy Mo‘sulni IShIDdan ozod qilish uchun hal qiluvchi janglar boshlanganini ma'lum qildi. OAV bu janglarda politsiya bo‘limlarini o‘z ichiga olgan iroqlik harbiylar, kurd lashkarlari hamda AQSh boshchiligidagi koalitsiya ishtirok etayotgani haqida xabar tarqatgandi.

Mavzuga oid