Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Urganchda mintaqaviy diagnostika laboratoriyasi ochildi
Xorazmning Urganch shahrida mintaqaviy diagnostika laboratoriyasi ochildi, deb xabar qilmoqda AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi. Laboratoriya AQSh mudofaa vazirligining Bioterrorizm tahdidlarini kamaytirish agentligi ko‘magida barpo etilgan.
AQShning O‘zbekistondagi elchisi Pamela Spratlen xonim laboratoriyaning ochilish marosimida ishtirok etgan.
«O‘tgan yili tamal toshi qo‘yilgan loyiha mamlakatlarimiz o‘zaro hamkorlik qilishi natijasida nimalarga qodir bo‘lishini ko‘rsatadi», - degan Spratlen.
«Shu kabi mintaqaviy diagnostika laboratoriyalari kasalliklarni nazorat qilishni mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi», - deya qo‘shimcha qilgan Amerika elchisi.
Eslatib o‘tamiz, 2011 yilda xuddi shunday ikkita laboratoriya Andijon va Farg‘ona viloyatlarida ham foydalanishga topshirilgan edi. Ularga o‘rnatilgan zamonaviy tibbiyot uskunalari xavfli patogen mikroorganizmlarni erta aniqlash va epidemiyalarning oldini olishga imkon beradi.
Mavzuga oid
09:23 / 28.04.2026
«Urganch-1» suv ko‘taruvchi nasos stansiyasi yangilanadi – Saida Mirziyoyeva
21:46 / 27.04.2026
Saida Mirziyoyeva Xorazmda prezident qarorlari ijrosini o‘rgandi
10:15 / 17.04.2026
Afg‘onistondan olib kelingan qariyb 9 kg opiy musodara qilindi
11:00 / 02.04.2026