O‘zbekiston | 09:43 / 19.10.2016
8249
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston 2016-2017 yillar uchun hamkorlik dasturini imzoladi

Foto: O‘zbekiston TIV matbuot xizmati

2016 yilning 19 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasida ishtirok etish uchun Toshkent shahrida bo‘lib turgan Qirg‘iziston delegatsiyasi rahbari Qirg‘iziston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildayev bilan uchrashdi.

Vazirlik matbuot xizmati xabariga ko‘ra, suhbat chog‘ida ikki va ko‘p tomonlama shakldagi O‘zbekiston- Qirg‘iziston hamkorligining dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Muloqot davomida turli darajalarda ikki tomonlama aloqalarni va ularning samaradorligini faollashtirishdan ikki tomon ham birdek manfaatdor ekanligi ta'kidlandi.

Uchrashuv yakuniga ko‘ra 2016-2017 yillarga mo‘ljallangan vazirliklararo hamkorlik dasturi imzolandi.

Uchrashuvda Qirg‘iziston Elchisi Daniyar Sidikov ishtirok etdi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid