O‘zbekiston | 21:36 / 19.10.2016
22277
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda sotilgan Samsung Galaxy Note 7 smartfonlari almashtirib berilmaydi

Foto: Reuters

O‘zbekistonda sotiluvchi Samsung Galaxy Note 7 smartfonlari zaryadlash jarayonida yonib ketgan taqdirda almashtirib berilmaydi. Bu haqida MobInfo.uz nashri Samsung kompaniyasining O‘zbekistondagi call-markazi ma'lumotiga asoslanib xabar berdi

Manbaga ko‘ra, O‘zbekistonda Samsung Galaxy Note 7 smartfonlarining rasmiy sotuvlari hali rasman yo‘lga qo‘yilmagan. Sotuvdagi qurilmalar esa mamlakatimizga savdogarlar tomonidan (mahalliy bozorga) olib kelingan. Shu bois ular bir yillik kafolatga ega bo‘la olmaydi. 

Eslatib o‘tamiz, Galaxy Note 7 smartfoni mahalliy bozorda ilk marta 2016 yilning avgust oyi oxirida (qurilmaning portlash holatlariga qadar) paydo bo‘lgan. O‘shanda qurilma juda katta narxda sotila boshlagandi. Yangilikning portlash holatlari haqidagi xabarlar paydo bo‘lganidan so‘ng Galaxy Note 7’ning chakana narxi biroz pasaydi. O‘tgan yakshanba kuni mahalliy bozordagi ba'zi sotuvchilar do‘konning bir oylik kafolati bilan taklif qilishayotgandi. 

Bundan avval kompaniya Galaxy Note 7 qurilmalarini ishlab chiqarish hamda ularning sotishni to‘xtatgani haqida xabar berilgan edi. 

 

Mavzuga oid