Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Aeroportretlar»: Butun dunyo samolyotlarining parvozi bitta suratda
Parvoz etayotgan samolyot manzarasi kishini ta'sirlantiradi, ammo uning uchun yangilik hisoblanmaydi. Los-Anjyelesdan bo‘lgan fotosuratchi Maykl Kelli bitta suratda dunyoning turli aeroportlaridan parvoz etayotgan samolyotlar tasvirlarini jamlashga qaror qildi.
Kelli 2 yil mobaynida dunyoning 18 ta aeroportida parvoz etayotgan havo kemalarini suratga tushirdi. Shundan so‘ng, u barcha tasvirlarni jamlab, yagona kompozitsiya hosil qildi.
Fotosuratchi samolyotlar parvozini kechki soat 17:00dan 18:00gacha bo‘lgan vaqt orasida Los-Anjyelesda suratga oldi yoki tonggi 6 va 8 oralig‘ida Dubayda suratga tushirdi. Aynan mana shu vaqt parvozlarning tig‘iz vaqti hisoblanadi.
U, shuningdek, Londonning Hitrou, Tsyurix, Myunxen, Amsterdam va Frankfurt-Mayndagi aeroportlarda ham havo laynerlarining parvozini suratga olgan.
Loyiha «Aeroportretlar» (Airportraits) deb nom oldi. Kellining aytishicha, u kollajlar uchun ikki yillik umrini, 75 000 parvoz mili va “fotoshop uchun juda ko‘p vaqt” sarflagan.
Mavzuga oid
23:14 / 10.04.2026
Prezident Buxoroda yangi aeroport qurilishi bilan tanishdi
20:48 / 05.04.2026
AQSh Eron bilan urush davomida yettita samolyotini yo‘qotdi – OAV
13:56 / 23.03.2026
AQShda yo‘lovchi samolyoti o‘t o‘chiruvchi mashina bilan to‘qnashib ketdi
21:04 / 19.03.2026