Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Filippin prezidenti bayonotini izohtalab deya baholadi
AQSh Davlat departamenti Filippin prezidentining munosabatlarni uzish to‘g‘risidagi bayonotiga munosabat bildirdi. Unga ko‘ra, Dutertening bayonoti ikki tomonlama aloqalar nuqtai-nazaridan baholaganda izohtalabdir, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti» agentligi. Bu haqda, Davlat departamenti rasmiy vakili Jon Kirbi bayonot bergan.
«Biz bu ritorikani eshitdik. U bizning Filippin bilan mavjud aloqalarimiz, hukumatning turli darajalarda nafaqat xavfsizlik jihatidan olib borayotgan hamkorligimizga ziddir. Shu bois, Filippin davlat rahbarining AQShdan ajralishi xususida bergan bayonoti yuzasidan izohlarni so‘ramoqchimiz. Biz bu nimani anglatishini tushunmayapmiz», — degan Kirbi.
Avvalroq, AQSh Filippin hukumatidan ikki tomonlama aloqalarni uzish niyati xususida rasmiy ogohlantirish olmaganini bildirgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Filippin prezidenti Rodrigo Duterte Xitoyga tashrifi chog‘ida uning mamlakati AQSh bilan «xayrlashadigan vaqt» kelganini qayd etgan edi.
Duterte rasmiy Manilaning G‘arb ko‘rsatmasiga monand tashqi siyosiy yo‘nalishidan «bo‘g‘zigacha to‘ygani» bois, uni o‘zgartirish niyatida ekanini ta'kidladi. U shuningdek, AQShga boshqa bormasligini, chunki «u yerda faqat haqoratlanishi»ni bilishini aytgan. Shundan so‘ng, so‘kong‘ich Duterte Obamani yana bir bor siylab «fohishaning o‘g‘li» deb atagandi.
Mavzuga oid
10:06
AQSh AI tahdidlari sabab kiberxavfsizlik talablarini kuchaytirdi
08:43
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
21:50 / 10.06.2026
Eronning yadro bombasi yaratish imkoniyati qanday?
09:59 / 10.06.2026