Jahon | 09:17 / 21.10.2016
4137
2 daqiqa o‘qiladi

YeI Turkiya bilan vizalarni bekor qilish mexanizmini ishlab chiqadi

Foto: left.gr

Yevropa ittifoqi mamlakatlari yetakchilari yaqin haftalarda YeI va Turkiya o‘rtasidagi vizalarni bekor qilish mexanizmini aniqlab olishni taklif qilishdi. Bu haqda RIA «Novosti» agentligi xabar qilmoqda

«Qonunshunoslarga yaqin bir necha haftada vizalarni bekor qilish mexanizmining amal qilishini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha kelishuvga erishish taklif etilmoqda», — deyiladi YeI sammiti yakuniy xulosasida. 

Eslatib o‘tamiz, may oyida Yevrokomissiya Yevroparlament va YeI Kengashiga Turkiya fuqarolari uchun viza cheklovlarini bekor qilishni tavsiya qilgan edi. Buning uchun, Turkiya tomoni muhojirlik kelishuvi shartlarini batamom ado etishi shart qilingandi. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an o‘z navbatida vizalar bekor qilinmasa, ushbu kelishuvdan chiqishi bilan tahdid qilgan edi. 

Keyinroq, YeI turkiyaliklar uchun 1 oktabrdan vizalarni bekor qilishi xabar qilindi. Biroq, bu ham endilikda asossiz ekani oydinlashib ulgurdi. 


 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid