Fan-texnika | 11:20 / 21.10.2016
9216
1 daqiqa o‘qiladi

Estoniyaliklar Lamborghini usulida velosiped yaratishdi

Foto: Velonia

Estoniyaning Velonia kompaniyasi yangi Viks velosipedini yaratdi, uning dizayni Lamborghini superkarlari obrazlaridan ilhomlanib ishlangan. Luxurylaunches’ning xabar qilishicha, konstruktorlarning bunday transport vositasini yaratishlari uchun taxminan 3 yil vaqt sarflandi. Har bir velosiped qo‘lda yig‘iladi. 
  
Velosipedning qimmatbaho ramasi alyuminiy qotishmasidan tayyorlangan va sariq “giallo midas” rangiga bo‘yalgan. Viks modelining yaqin orada sotuvga chiqishi kutilmoqda. Velosipedning narxi hozircha noma'lum. 

Foto: Velonia

2016 yilning iyun oyida La Strana Officina firmasi Cellini Uomo lyuks velosipedini yaratgandi. Uni ishlab chiqarishda 999 sinovli oltin qo‘llangan. Rulning bir qismi va pedallar qimmatbaho metall qatlami bilan qoplangan. Rulning chap qismiga esa ilon terisiga monand ishlov berilgan edi. 

Mavzuga oid