Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Singapurda sudga WhatsApp orqali chaqirishga ruxsat berildi
Singapur sudi fuqarolik ishlari bo‘yicha mahkama jarayoniga WhatsApp messenjeri orqali chaqirishga ruxsat berdi.
Shahar mamlakatda chop etiladigan The Straits Times gazetasining yozishicha, yaqinda R&D Pharmaceuticals kompaniyasining zayom olgan xususiy shaxsga shunday murojaat qilgani ro‘yxatga olingan.
Sudlanuvchi Tan Chong Minga ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha bir necha bor odatdagi usulda chaqiruv maktubini topshirishga muvaffaqiyatsiz urinishgan. Shundan so‘ng, WhatsApp messenjeri orqali xabarnoma yuborilgan. Natijada sudga ogohlantirish maktubi oluvchiga yetkazilgani xususida hisobot topshirilgan.
Singapur Oliy sudi shu yilning may oyida fuqarolik ishlari bo‘yicha ogohlantirish maktublarini elektron pochta manziliga yuborishga ruxsat bergan edi.
Mavzuga oid
08:37 / 04.06.2026
Max messendjyeri App Storeʼdan olib tashlandi
19:00 / 19.05.2026
Kreativ iqtisodiyot uchun soliq imtiyozlari nazarda tutilgan qonun ma’qullandi
20:14 / 06.05.2026
Oliy sud sovet davri qatag‘on qurbonlaridan 161 nafarini oqladi
16:21 / 10.04.2026