Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shvetsiya shahri IShIDning sobiq jangarilariga imtiyoz va turarjoy taklif etmoqda
Foto: cnbc.com
Shvetsiyaning Lund shahri boshqaruvi IShID terrorchilik guruhining sobiq a'zolari uchun reabilitatsiya dasturini ishlab chiqdi. Unga muvofiq, sobiq jangarilar uy, ish bilan ta'minlanadi, ularga ta'lim va moliyaviy yordam beriladi.
Britaniyaning The Independent nashri yozishicha, bu choralar sobiq jihodchilarning jamiyatga qayta qo‘shilishiga imkon berib, ularning terrorchilik faoliyatiga qaytishlariga yo‘l qo‘ymasligi kerak.
«Insonni jamiyatga qayta qo‘shish uni rad etishdan arzonga tushadi», — deydi zo‘ravonlik terrorizmiga qarshi munitsipal muvifiqlashtiruvchisi Anna Shyostrand.
Uning qayd etishicha, bunday amaliyot Shvetsiyada jinoiy guruhlar va neonatsist tashkilotlarning sobiq a'zolariga nisbatan ham qo‘llaniladi.
2015 yil noyabr oyida Shvetsiya davlat xavfsizligi organlari Suriyadagi terrorchilar safiga kirgan 286 nafar shved fuqarosi borligini hisoblab chiqqan edi.
Mavzuga oid
13:27 / 20.02.2026
Shvetsiyaning Ukrainaga yangi harbiy yordam paketi - 1,2 mlrd yevro
16:04 / 12.02.2026
Shvetsiyada qonuniy maqomi bo‘lmagan fuqarolar Toshkentga olib kelindi
13:30 / 12.01.2026
Shvetsiya bosh vaziri AQShning Grenlandiyani egallab olish tahdidlarini tanqid qildi
11:43 / 12.01.2026