Jahon | 23:23 / 22.10.2016
10711
2 daqiqa o‘qiladi

WikiLeaks: Xillari Klinton shtabi boshlig‘iga Trampni "yo‘q qilish" taklif qilingan

Foto: REUTERS

Amerikalik siyosatshunos va jurnalist Brent Budovski AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Xillari Klinton saylovoldi shtabi boshlig‘iga Donald Trampni "yo‘q qilish"ni taklif qilgan. Bu haqda WikiLeaks tomonidan chop etilgan elektron maktubda aytilgan.

"Eng yaxshi yo‘l Donaldni uning Putin bilan mustahkam erkakcha do‘stligi uchun yo‘q qilish va Putinga Suriya masalasi bo‘yicha ishonmaslik bo‘ladi", deb yozgan Budovski Klinton shtabi boshlig‘i Jon Podestaga yo‘llagan maktubida. Jurnalist o‘z maktublarida shuningdek "Putin Asadni chetlatishga rozi bo‘lmadi va biz qo‘llab-quvvatlayotgan odamlarni bombardimon qilishni davom ettirmoqda" deb yozgan. Jurnalist "biz" deganda AQShni nazarda tutgan. 

Demokratik partiya a'zolariga kompromatning yangi qismi WikiLeaks portalida 22 oktabrda chop etildi. Portal internetga Podesta maxfiy maktublarining 15-qismini joylashtirdi.

 

Mavzuga oid