Jahon | 18:42 / 23.10.2016
10656
1 daqiqa o‘qiladi

Arab koalitsiyasi Yamandagi havo amaliyotlarini qaytadan boshladi

© AP Photo

Saudiya Arabistoni boshchiligidagi harbiy koalitsiya Yamanda havo zarbalari berish bo‘yicha amaliyotlarida yuzaga kelgan tanaffusni uzaytirmadi.

Yamanda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv 20 oktabr kuniga o‘tar kechasi 72 soat muddatga joriy etilgandi.

SABA agentligi ma'lumotiga ko‘ra, 23 oktabr kuni Yamanning Sano shahridagi turli nuqtalarga koalitsiya samolyotlari tomonidan 9 marta zarbalar berildi.

Saudiya qo‘llayotgan Yaman hukumatining TIV rahbari Abdulmalik al-Mahlafiyning "Frans Press" muxbiriga aytishicha, sulh muddatini uzaytirish "foydasiz" edi.

Bundan oldinroq, BMTning Yaman muammosi bo‘yicha maxsus vakili Ismoil Uld shayx Ahmad tomonlarni ziddiyatni to‘xtatishga chaqirgan va hududlarga gumanitar yordamlar yetkazib berilishiga sharoit yaratib berishni so‘ragandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid