O‘zbekiston | 18:57 / 23.10.2016
10518
2 daqiqa o‘qiladi

«Milliy tiklanish» partiyasi nomzodi teatrga odamlarni qaytarish uchun taklif berdi

Foto: UzDaily

«Milliy tiklanish» demokratik partiyasidan O‘zbekiston Prezidentligiga nomzod Sarvar Otamuratovning fikricha, teatrga odamlarni qaytarish uchun odamlarni o‘ylantirayotgan va to‘lqinlantirayotgan mavzularda spektakllarni ko‘paytirish hamda teatrlarda «Ochiq eshiklar kuni» tashkil etish lozim. U bu haqda partiyaning V s'yezdidagi ma'ruzasida aytib o‘tdi.

«Bugungi globallashuv sharoitida xalqning o‘ziga xos qiyofasi, milliy qadriyat va an'analarini asrab qolish, odamlarda yuksak ma'naviy ong va didni tarbiyalashda yana teatr­lar beqiyos ahamiyat kasb etishi shubhasiz. Biroq, teatr san'atiga qiziqish havas qilarli darajada emas. Teatr zallari ko‘pincha tomoshabinlar bilan to‘lib-to‘lmagan ahvolda bo‘ladi», — ta'kidladi siyosatchi.

«Biz ma'naviy-ma'rifiy hayoti­mizni yanada rivojlantirish tarafdori ekanmiz, teatrga odamlarni qaytarish uchun, eng avvalo, zamondoshlarimizni o‘ylantirayotgan va to‘lqinlantirayotgan mavzularda badiiy jihatdan yuksak, mahorat bilan sahnalashtirilgan spektakllarni ko‘paytirish, odamlarda, ayniqsa, yoshlarda teatr tomoshasi madaniyatini o‘stirish, eng muhimi, mamlakatimizning barcha teatrlarida «Ochiq eshiklar kuni» tashkil etilishiga erishishimiz ham farz, ham qarz», — qo‘shimcha qildi Sarvar Otamuratov.

Mavzuga oid