Jahon | 08:29 / 23.10.2016
6513
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp prezident bo‘lsa, "OAV hokimiyatini" cheklashga va'da berdi

Foto: AFP 2016/ Robyn Beck

AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Tramp 21 oktabrda AQShning Pensilvaniya shtatida so‘zlagan nutqida agar prezident etib saylansa, "ommaviy axborot vositalari hokimiyatini" cheklashga va'da berdi. Milliarderning fikricha, ba'zi OAV uning raqibi Xillari Klintonni qo‘llab-quvvatlab, Trampning prezidentlik kampaniyasiga to‘sqinlik qilmoqda. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.

"Ular menga berilgan ovozlar, amerika xalqi ovozini bostirishga zo‘r berib urinmoqdalar", deb aytdi Tramp.

Tramp AT&T telekommunikatsion kompaniyasiga Time Warner. kompaniyasini sotib olishga to‘sqinlik qilish niyatidaligini bildirgan. Uning fikricha, bunday bitimlar demokratiyani barbod qiladi, chunki juda katta hokimiyat "juda ozchilik qo‘lida mujassamlashadi".

Milliarder shuningdek oddiy amerikaliklarni ogoh bo‘lishga chaqirdi. "Agar OAV qarshilik ko‘rsatishga cheklanmagan imkonlarga ega bo‘lgan men kabi odamga qarshi kurasha olsa, tasavvur qiling, ular siz bilan, sizning ish joyingiz, xavfsizligingiz, ta'limingiz bilan nimalar qila oladi?", deb aytdi Tramp.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid