Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iroq Mo‘sul qamalida Turkiya ishtirok etishiga rozi bo‘lmayapti
Foto: AFP
Iroq harbiy qo‘mondonligi Mo‘sul shahrini IShID terrorchilaridan ozod etishda Turkiyaning aralashuvini rad etgan. Bu haqda armiya vakili ma'lumotiga asoslanib, “Frans Press” xabar bermoqda.
"Hamkorlikdagi operatsiyalar qo‘mondonligining vakili Naynavani (Iroq provinsiyasi, Mo‘suldagi ma'muriy markaz) ozod etishda Turkiya ishtirokini rad etadi", — deya harbiylar so‘zidan iqtibos keltirgan agentlik.
Ma'lumot uchun, Iroq harbiylari 17 oktabr kuni Mo‘sulni IShID terrorchilaridan ozod etish uchun keng ko‘lamli operatsiyalar olib bormoqda.
Bundan oldinroq, Turkiya bosh vaziri Binoli Yildirim Turkiya artilleriyasi va tanklari Mo‘sulni ozod etishda ishtirok etayotgan kurd harbiylariga yordam ko‘rsatayotgani haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
22:43 / 08.01.2026
Iroq «Lukoyl»ning eng yirik xorijiy aktivini milliylashtiradi
13:03 / 05.01.2026
Iroqda O‘zbekiston korxonalarining filiallari ochiladi
08:05 / 09.12.2025
AQSh Iroqdagi «Lukoyl» ulushini Amerika kompaniyasiga topshirishni qo‘llab-quvvatladi
11:30 / 27.10.2025