Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Twitter Xitoydagi nusxasidan arzon turadi
Amerikaning Twitter ijtimoiy tarmog‘i o‘zining Xitoydagi kloni Weibo tarmog‘idan «kutilmaganda» arzonlashdi, deb xabar qilmoqda Tech In Asia.
Mikrobloglar xizmatiga 2006 yilda AQShda asos solingan bo‘lib, Xitoyda unga o‘xshash xizmat 2009 yildan ishlay boshlagandi. Ayni vaqtda, Weibo tarmog‘ining bozor kapitallashuvi 11,35 mlrd dollarni, Twitter bozor narxi 11,34 mlrd dollarni tashkil etmoqda.
Nashrning yozishicha, ayni vaqtda Twitter «erkin qulash» holatidadir, chunki u foydalanuvchilari sonini oshira olmayapti. So‘nggi 12 oy mobaynida ijtimoiy tarmoq oyiga 5 mln faol foydalanuvchisini yo‘qotgan. Bugungi kunga kelib, unda 313 mln kishi bor.
Weibo, aksincha, o‘sishda davom etayapti. Uning foydalanuvchilari soni 282 mlnga yetadi, shundan so‘nggi bir yilda a'zo bo‘lganlar soni 70 mln kishini tashkil etadi.
Avvalroq, Salesforce kompaniyasi Twitter ijtimoiy tarmog‘ini xarid qilishdan bosh tortgani xabar qilingan edi.
Mavzuga oid
09:59
«Apache» vertolyotini Eron droni urib tushirgani ma’lum bo‘ldi. AQSh va Eron yana zarbalar almashdi
09:30
«Artemida-3» uchun astronavtlar tanlandi
09:15
AQSh Kongressi migratsiya xizmati uchun 70 milliard dollar ajratdi
22:15 / 09.06.2026