Jahon | 17:20 / 25.10.2016
11310
1 daqiqa o‘qiladi

Nadejda Savchenko Ukraina xavfsizlik xizmatida tergov qilindi

Foto: Globallookpress.com

Ukraina xavfsizlik xizmati Oliy Rada deputati Nadejda Savchenkoni Ukraina hududiy yaxlitligiga rahna solish va terrorchilik tashkilotlarini tashkil etish ishi bo‘yicha guvoh sifatida so‘roq qilgan. Bu haqda, Milliy xavfsizlik va mudofaa bo‘yicha kengashining Savchenkoni so‘roq qilishga oid murojaatiga berilgan rasmiy javobda aytiladi, deya xabar qilgan Zn.ua sayti. Bunga Savchenkoning Donbassga borgani haqidagi bayonoti sabab bo‘lgan. 

Unga ko‘ra, UXX ikkala jinoiy ish bo‘yicha UXX sudgacha bo‘lgan surishtiruv ishlarini olib borayapti. Maxsus xizmat tergov jarayonining maxfiyligini ro‘kach qilib, batafsil ma'lumot berishni rad etgan. 

Avvalroq, ZN.UA sayti rahbariyati Milliy xavfsizlik va mudofaa bo‘yicha Kengashiga murojaat qilib, Savchenkoning UXXga tashrifiga doir to‘liq ma'lumot taqdim etishni so‘ragan edi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid