Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vadim Abramov: Ishlashga tayyorman
O‘zbekiston terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi, 2011 yilgi Osiyo chempionatida terma jamoa bilan yorqin o‘yinlar ko‘rsatgan Vadim Abramov "Futbol Ekspress" gazetasiga bergan intervyusida ayni paytdagi holati haqida aytib o‘tdi.
"Yaratganga shukrlar bo‘lsinki, yuragim bilan bog‘liq kasallikdan butkul xalos bo‘ldim. Rossiyada yuragimni davolatib qaytib keldim va mana endi yurtimdaman. Ayni paytda meni hech nima bezovta qilmayapti, o‘zimni juda yaxshi his qilayapman, hammasi ortda qoldi", degan mutaxassis.
Muxbir undan murabbiylik faoliyatini davom ettirish ehtimoli haqida so‘ragan.
"Albatta. O‘zim ham ishlashni xohlayman. Bungacha yuragim bezovta qilayotgani uchun hech qayerda faoliyat olib bormayotgandim. Endi esa sog‘ligim yaxshilangani tufayli ishlay olaman. O‘z oldiga jiddiy maqsadni qo‘ygan klubdan taklif bo‘lsa buni o‘ylab ko‘rishim mumkin", degan Abramov.
Mavzuga oid
17:32 / 28.07.2023
«Ispaniyada aniq o‘ynab ketardi». Abramov Fayzullayev Rossiya chempionatiga o‘tayotgani haqida
17:41 / 11.08.2022
«Samarqand – kuchliroq jamoaga munosib». Abramov «Dinamo»ni qanday qilib Superligada olib qolmoqchi?
13:34 / 09.08.2022
Vadim Abramov «Dinamo» bosh murabbiyi etib tayinlandi
12:13 / 16.11.2021