Jahon | 08:00 / 25.10.2016
5498
1 daqiqa o‘qiladi

JARda poyezdlar to‘qnashishi oqibatida 200 ga yaqin kishi jarohat oldi

Foto: EMER-G-MED

JAR shimolida ikkita yo‘lovchi poyezdi to‘qnashib ketdi, deb xabar bermoqda eNCA portali.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, voqea oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, 150 dan 200 gacha odam jarohat olgan.

Qutqaruvchilar voqea joyini vayronalardan tozalashga bir kun ketishini ma'lum qilishgan. 

Ta'kidlanishicha, falokat yuz bergan yo‘nalish mamlakatdagi eng gavjumlaridan biri hisoblanadi, u orqali kuniga minglab yo‘lovchilar harakatlanadilar.

Foto: EMER-G-MED
Foto: EMER-G-MED
Foto: EMER-G-MED
Foto: EMER-G-MED

 

Mavzuga oid