Jahon | 13:09 / 26.10.2016
10737
2 daqiqa o‘qiladi

Amerika generali: Rossiyaning Arktikadagi harakatlari mudofaa mohiyatiga ega

Foto: © RIA Novosti

Rossiyaning Arktikadagi hatti-harakatlari mudofaa mazmuniga ega. AQShning Arktika bo‘yicha maxsus vakili admiral Robert Papp Sputnik agentligiga bergan intervyusida shunday bayonot bergan. 

«Biz harbiy harakatlarni katta xavotirlar bilan kuzatamiz, biroq men shu paytgacha, jiddiy chora ko‘rishimga sabab bo‘ladigan hech narsani qayd etganim yo‘q. Rossiyaning barcha harakatlari, mudofaa maqsadida amalga oshirilmoqda va Arktikadagi muvozanatni buzishga urinish hisoblanmaydi», — deb qayd etgan Papp.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda Rossiya va AQSh o‘rtasida yangi kelishuvlar uchun zarurat yo‘q. 

«Men guvoh bo‘layotgan narsalar, — aeroportlar bo‘lsin, ma'lumotlarni almashish imkoniyatlari bo‘lsin, bularning barchasi uzun qirg‘oqlarga ega har qanday davlatning kemalar xavfsizligini ta'minlashi uchun amalga oshiradigan infratuzilmalarni yangilashidir», — degan admiral.

Avvalroq, AQSh harbiy dengiz kolleji qoshidagi Rossiya salohiyatini o‘rganish instituti direktori professor Maykl Petersen, AQSh va NATO Rossiyaning Arktika mintaqasidagi harbiy imkoniyatlarini kengaytirishini diqqat bilan o‘rganishi lozimligini aytgandi. 

2015 yilda Rossiya Arktikada 4ta harbiy baza barpo etdi. Ular, Vrangel va Aleksandra yeri orollarida, Novosibirsk orollarining Shmitd burnida va ayni orollar arxipelagining Kotelniy orolida joylashgan. 
 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid