Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
WikiLeaks: Apple AQSh hukumatiga foydalanuvchilar haqida ma'lumot beradi
Amerikaning Apple korporatsiyasi AQSh hukumatiga foydalanuvchilar haqidagi ma'lumotlarni taqdim etadi. WikiLeaks sayti e'lon qilgan maktub mazmuni shundan iborat.
Gap Apple vitse-prezidenti Liza Jyeksonning AQSh prezidentligi uchun Demokratik partiya nomzodi Hillari Klinton saylovoldi kampaniyasi rahbari Jon Podestaga yo‘llagan maktubi haqida bormoqda. Hujjat 2015 yil 20 dekabri sanasiga oid.
Jyekson o‘z xatida, xususan, Apple huquq-tartibot organlari bilan hamkorlik qilishni davom ettirishi haqida so‘z yuritgan.
«Biz huquqni himoya qilish idoralarining fuqarolarga tahdidi borasidagi xavotirlariga sherikmiz, shu sabab murakkab jinoyatlarni fosh etishga imkon beruvchi huquqiy so‘rovnomalar bo‘yicha hukumat bilan qalin hamkorlik qilamiz», – deb yozgan Jyekson.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Apple hukumatning orderlari va boshqa namunadagi yuridik so‘rovlariga javoban «har oy minglab» foydalanuvchilari va qurilmalari haqida ma'lumot taqdim etadi. «Bizda bu kabi so‘rovlarga kunda 24 soat javob beradigan jamoa bor», – deya qo‘shimcha qilgan Jyekson.
Uning tushuncha berishicha, «kuchli shifrlash» Apple korporatsiyasiga huquq idoralariga metama'lumotlar va boshqa «juda foydali» axborotlarni taqdim etishiga to‘sqinlik qilmaydi.