O‘zbekiston | 16:57 / 27.10.2016
9006
1 daqiqa o‘qiladi

Afg‘oniston hukumati vakillari O‘zbekistonga tashrif buyurdi

Foto: TIV matbuot xizmati

27 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Afg‘oniston Islom respublikasi prezidentining iqtisodiy masalalar bo‘yicha katta maslahatchisi Humoyun Qayumiy va prezidentning Markaziy Osiyo davlatlari hamda Rossiya bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha maxsus vakili Muhammad Shokir Korgarni qabul qildi.

Vazirlik matbuot xizmati xabar berishicha, Afg‘oniston delegatsiyasi O‘zbekistonga ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar, shuningdek, Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan 10-xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasida ishtirok etish uchun kelgan. 

Tashkil etilgan suhbat chog‘ida o‘zbek—afg‘on aloqalarini mustahkamlash va kengaytirish holati hamda istiqbollari, oliy va yuqori darajadagi ikki tomonlama uchrashuvlar doirasida erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi muhokama etildi. 

Uchrashuvda Afg‘onistonning O‘zbekistondagi elchisi Sayyod Shahobiddin Temuriy ishtirok etdi. 

Mavzuga oid