Sport | 08:49 / 27.10.2016
6908
1 daqiqa o‘qiladi

Angliya Liga Kubogi. Manchester derbisida Mourino Gvardioladan ustun keldi

Angliya Liga kubogining 1/8 finalida "Manchester Yunayted" jamoasi uyda "Manchester Siti"ga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuvda mezbonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Xuan Mataning 54-daqiqada kiritgan yagona goli Joze Mourino boshchiligidagi "Manchester Yunayted" jamoasini keyingi bosqichga olib chiqdi. 

Manchester Yunayted – Manchester Siti 1:0 

Gol: 1:0 – 54 Mata. 

Manchester Yunayted – De Xea, Valensiya, Roxo, Shou, Blind, Mata (Shnayderlin, 73), Errera, Kerrik, Pogba, Reshford (Lingard, 82), Ibrahimovich.

Manchester Siti – Kabalero, Otamendi, Klishi, Maffeo, Kompani (Kolarov, 46), Sane (Sterling, 63), Fernando, Navas, Aleysh Garsiya, Nolito (Aguero, 71), Ixeanacho.

Ogohlantirishlar: Ixeanacho (13), Valensiya (26), Pogba (90), Ibrahimovich (90).

 

Manba: tribuna.uz

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid