Jahon | 08:33 / 27.10.2016
5117
1 daqiqa o‘qiladi

BMT Bosh assambleyasi AQShni Kubaga nisbatan embargoni bekor qilishga chaqirdi

Foto: un.org

BMT Bosh assambleyasi ko‘pchilik ovoz bilan Vashington tomonidan Kubaga nisbatan savdo-iqtisodiy to‘siqni olish rezolyutsiyasini ma'qulladi. Bu haqda "Interfaks" axborot agentligi xabar berdi

Hujjatning qabul qilinishi uchun 191 ta davlat vakili ovoz berdi. Faqat ikki davlat – AQSh va Isroil betaraflik bildirdi. Ta'kidlanishicha, Vashington birinchi marta rezolyutsiyaga "qarshi" ovoz bermagan.

BMT Bosh assambleyasi AQShni Kubaga nisbatan embargoni bekor qilishga 25-marotaba chaqirmoqda.


AQSh tomonidan Kubaga qarshi savdo-iqtisodiy to‘siq 1960 yilda kiritilgan. 2014 yil dekabrda AQSh prezidenti Barak Obama AQSh kongressini embargoni bekor qilishga va Kuba bilan aloqalarni tiklashga chaqirgandi. 2015 yil yozida ikki davlat diplomatik aloqalarni tiklashga kelishib olgandilar.

 

Mavzuga oid