Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyalik narkobaron yashirinishdan charchadi va politsiyaga taslim bo‘ldi
Narkotiklar savdosini tashkillashtirishda ayblangan britaniyalik o‘zini politsiya qo‘liga topshirdi. Uning aytishicha, mamlakatda eng jiddiy darajada qidiriluvchi jinoyatchilar ro‘yxatida bo‘lish unga og‘irlik qilgan.
Liverpullik 53 yoshli Robert Jyerrard 2014 yilning fevral oyidan beri jazodan yashirinib yurgan edi.
U o‘z advokati yordami bilan o‘zi qo‘lga olingan Manchester shahrida joylashgan jinoyatchilikka qarshi kurashish milliy agentligi vakili bilan uchrashishga muvaffaq bo‘lgan.
Unga kokain giyohvandlik moddasi kontrabandasi bilan shug‘ullanish aybi qo‘yilgan va u noyabr oyida sud qarshisiga keltiriladi.
Bu shu hafta qo‘lga olingan Britaniyada qattiq qidirilayotgan jinoyatchilarning uchinchisidir. Ulardan biri yosh bolalarni zo‘rlashda ayblangan Metyu Semmon va ikkinchisi Ispaniyada qo‘lga olingan, nomusga tegishda ayblangan Muhammad Alamdir.
Mavzuga oid
09:31 / 28.03.2026
O‘zbekistonlik talabalar Britaniya diplomini ham olishi mumkin
15:26 / 04.03.2026
Toshkentdagi yangi muzey majmuasi BBC’ning eng muhim loyihalar ro‘yxatiga kiritildi
18:35 / 23.02.2026
Narkobaronning o‘limi: AQSh razvedka idoralari Meksika xavfsizlik kuchlariga ko‘mak bergan
13:31 / 13.02.2026