Jamiyat | 22:18 / 27.10.2016
8055
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvada avtobus yonib ketdi

Foto: "Moskva" agentligi

Moskvada yo‘lovchi avtobusi yonib ketdi. Voqea Musa Jalil ko‘chasida yuz bergan, deb ma'lum qildi voqea guvohi "Moskva" agentligiga.

Guvohning aytishicha, yo‘nalish avtobusi "Shipilovskaya" metro stansiyasi yaqinida yonib ketgan. Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari va o‘t o‘chiruvchilar tezkorlik bilan olovni o‘chirishgan. Voqea oqibatida hech kim jabrlanmagan. 

"Mosgortrans" matbuot xizmatida avtobusning xizmat ko‘rsatilmaydigan qismida elektr sim yonib ketgani ma'lum qilingan. Haydovchi zudlik bilan yo‘lovchilarni avtobusdan tushirgan va salonda joylashgan o‘t o‘chirish tizimini harakatga keltirgan.    

Foto: "Moskva" agentligi
Foto: "Moskva" agentligi
Foto: "Moskva" agentligi
Foto: "Moskva" agentligi
Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid