Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
R2D2ga o‘xshash aqlli uy roboti yaratildi
NX Robo kompaniyasi intellektual funksiyalarni amalga oshiruvchi ajoyib BIG-i uy robotini taqdim etadi. Qurilma yana bir oila a'zosiga aylanishi mumkin.
BIG-i nima?
Robot uy atrofida kichik aravachalar yordamida harakat qiladi. U oila a'zolarining yuzi va ovozini begonalardan ajrata oladi hamda odam nutqini tushunadi. Shuningdek, BIG-i kunlik reja va tadbirlarni yodga soladi – masalan, ovqat qilish vaqtini.
BIG-i 3D ko‘rish tizimi, faol idrok va intellektual dasturlash bilan jihozlangan. U egasining har bir buyrug‘ini qisqa algoritmga aylantiradi, keyin ularni bajaradi. Masalan robotga shunday deyish mumkin: «Barcha ketganida chiroqni o‘chir», – va u xona bo‘sh qolishini kutib turadi, keyin esa yoritish tizimini o‘chiradi.
Robot o‘rganishga qodir – sekin-asta u deyarli oila a'zosiga aylangan holda o‘z funksiyalarini a'lo bajarishga kirishadi. Shuningdek, BIG-i tashqi ko‘rinishi «Yulduzlar jangi»dagi R2D2ni yodga soladi. Yanada ko‘proq o‘xshashi uchun robotga qog‘ozdan o‘ziga xos kostyum qilish mumkin – bu uning funksionalligiga ta'sir qilmaydi.
Robot narxi
BIG-i xonaki versiyasi dastlabki investor uchun 749 dollar (iPhone 7dan arzonroq)ga aylanadi. Sotuvda esa robotlar ikki barobar qimmatroq bo‘ladi. Startapchilarga loyihani amalga oshirish uchun 100 ming dollar kerak bo‘ldi, hozirda bir yarim barobar ko‘proq mablag‘ yig‘ilgan.
Mavzuga oid
07:40 / 02.02.2026
Ixtirochilar reytingi: patentlar soni bo‘yicha yetakchilar
08:00 / 29.01.2026
Telegrafdan kvant kompyuterlarigacha: 7 gigantning evolyutsiyasi
22:52 / 24.01.2026
Mask Tesla robotlari sotuvini yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qildi
00:48 / 11.01.2026