Jamiyat | 13:17 / 27.10.2016
6950
3 daqiqa o‘qiladi

Turkiya sudi mashhur “Sultanahmet köfte” taomining haqiqiy muallifini aniqladi

Foto: hurriyetdailynews.com

Istanbul sudi to‘rt yillik tortishuvlaridan keyin nihoyat “Sultanahmet köfte”ning haqiqiy ishlab chiqaruvchisi qaysi brend ekanligini aniqladi. Bu haqida Daily News xabar berdi. 

“Sultanahmet köfte” – shaharga keluvchi sayyohlarning sevimli taomi. 

Bir qator do‘konlarga ega “Sultanahmet Gıda Sanayi” oziq-ovqat kompaniyasi “Sultanahmet Köftecisi” egasi hisoblangan “Elit Gıda” kompaniyasiga kompensatsiya to‘lashiga to‘g‘ri keladi. 

Sud Elit Gıda’ning 1920 yilda Mehmet Sirojiddin Tezchakin bobo tomonidan yaratilgan “Sultanahmet Köftecisi” taomning haqiqiy muallifi hisoblanishini aniqladi. Shuningdek sud Tezchakinlar oilasiga tegishli “Sultanahmet Köftecisi” brendini “haqoratlovchi” barcha mahsulotlar, sotuvlar, hujjatlar, yozuvlar, reklama e'lonlari va banerlar taqiqlanishi kerakligini ta'kidladi. 

Shunday qilib, sud qaroriga ko‘ra, ayblanuvchi tomonning "sultanahmetkofteci.com.tr" sayti bundan buyon yo‘q qilinadi, Mehmet Sirojiddinning nevaralariga esa 626,993 turk lirasi miqdoridagi tovon puli to‘lanadi. 

Ko‘p yillardan beri brendni niqob qilib olgan oziq-ovqat kompaniyalari bilan tortishuvchi Elit Gıda 4 yil avval Intellektual va sanoat mulk huquqlari sudiga bu borada shikoyat arizasi bilan murojaat qilgandi. 

Unga ko‘ra, kompaniya 1920 yilda tashkil topgan va “Sultanahmet Köftecisi” nomiga o‘tishdan avval u “Sultanahmet Meşhur Halk Köftecisi" nomi bilan yuritilgan. Tezchakinlar 2000 yilda “1920 Sultanahmet Meşhur Halk Köftecisi" brendiga patent olgan. 

2011 yilda mazkur brend Mustafo Mert va Ismoil Temur Tezchakinlarga tegishli Elit Gıda kompaniyasi tasarrufiga o‘tadi. Brend restoranlariga ko‘plab mashhur insonlar jalb etilgan, shuningdek u  sayyohlik qo‘llanmalariga kiritilgan. Bundan tashqari mazkur brend xorijda ham ro‘yxatdan o‘tkazilgan.   
 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid