O‘zbekiston | 17:19 / 28.10.2016
7284
1 daqiqa o‘qiladi

BMT: O‘zbekistonda inson huquqlariga rioya qilish tizimi yuqori darajada

BMTning doimiy muvofiqlashtiruvchisi Stefan Prisnerning ta'kidlashicha,  O‘zbekistonda demokratiyaning asosiy jihatlaridan biri muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Xalqaro tashkilot vakilining so‘zlariga ko‘ra, MDHga a'zo davlatda bu borada samarali ish qilinmoqda, inson huquqlarini ta'minlash tizimi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. 

Prisner qayd etganidek, deb yozadi sa-news, O‘zbekistonda mustaqillikka erishilgach, hukumat tomonidan inson huquq va manfaatlarini ta'minlash mexanizmi faol rivojlantirilgan. Milliy qonunlarni o‘zgartirish va ularning ijrosini nazorat qilish mamlakat va fuqarolar faravonligida aks etadi. 

BMT vakili, shuningdek, mustaqil O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov shaxsiyatini alohida e'tirof etgan. Prisnerning aytishicha, Karimov nafaqat o‘z mamlakatida inson huquqlari himoyachisi bo‘lgan, balki butun dunyoda ta'minlashga faol ishtirok etgan. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid