Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoylik boylarning 60 foizdan ko‘prog‘i mamlakatni tark etishni rejalashtirmoqda
Foto: toptravellists.net
XXRdagi badavlat kishilarning 60 foizdan ko‘prog‘i xorijdagi ko‘chmas mulklarga investitsiya qilishni hamda yaqin uch yil ichida mamlakatni tark etishni rejalashtirmoqda. Bu haqida The South China Morning Post xabar berdi.
Hurun Report jurnali va Amerikaning Visas Consulting Group tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnomaga ko‘ra, xitoylik boylar orasidagi eng mashhur shaharlar — AQShda joylashgan Los-Anjyeles, San-Frantsisko va Sietl. Taxminiy emigratsiyaning sabablari sifatida yuan devalvatsiyasi islohoti (2015 yildan yuanning dollarga nisbatan 10 foizga arzonlashgani) va ichki bozorning inqiroz ehtimoli ko‘rsatilmoqda.
Aksariyat boylar farzandlariga amerikacha ta'limini berishga harakat qilishadi, AQShdagi yashash sharoitining yaxshiligi ta'kidlashadi va o‘z pullarini xavfsizlantirishga urinishadi. Jami o‘rtacha moliyaviy ahvoli 27 million yuanni (taxminan 4 million dollar) tashkil qilgan 240 nafar kishi so‘rovdan o‘tdi.
XXRda moliyaviy ahvoli 10 million yuandan ortiq (1,47 million dollar) taxminan 1,34 million kishi yashaydi. Shu tariqa, taxminlarga ko‘ra, badavlat emigrantlar soni 800 ming kishidan ortishi mumkin.
Mavzuga oid
23:46 / 19.04.2026
Eron AQSh bilan muzokaralarning ikkinchi bosqichida qatnashishdan bosh tortdi
10:07 / 18.04.2026
AQSh Rossiya neftiga oid yengilliklarni 16 maygacha uzaytirdi
22:12 / 17.04.2026
Tramp Ho‘rmuz bo‘g‘ozi ochilganiga qaramay, Eron portlari blokadasi saqlanib qolishini aytdi
19:30 / 17.04.2026