Jamiyat | 18:12 / 28.10.2016
5470
1 daqiqa o‘qiladi

Qrimda sigirlar ko‘chada yurishi taqiqlandi

Qrimning Krasnoperekopsk shahar kengashi sigirlar shahar ko‘chasida o‘tlashi va ularni olib yurishni taqiqladi. Bu haqda 28 oktabr kuni «Kryminform» xabar berdi.

Shuningdek, «jonivorlarni jamoat joylaridagi suv havzalarida cho‘miltirish ham taqiqlangan».

Uy jonivori endilikda faqat qishloq xo‘jaligi yerlarida boqilishi kerak bo‘ladi.

Ushbu taqiqlovni buzgan fuqaroga nisbatan nafaqat ma'muriy, balki jinoiy ish ham qo‘zg‘atilishi mumkin. Aynan qaysi moddaga ko‘ra, bunga oydinlik kiritilmagan.

Avvalroq shahar kengashi ko‘chalarda itlar bilan sayr etishni taqiqlagan edi.
 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid