Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya BMTning inson huquqlari bo‘yicha kengashiga qayta saylanmadi
Rossiya BMTning inson huquqlari bo‘yicha kengashiga saylanish uchun yetarli ovoz to‘play olmadi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
Ta'kidlanishicha, ovoz berish 28 oktabrda BMT Bosh assambleyasida bo‘lib o‘tgan.
Sharqiy Yevropadan kengashda o‘ringa da'vogarlik qilgan Rossiya 112 ovoz to‘pladi. Natijada Sharqiy Yevropadan kengashda ikki o‘rinni Xorvatiya (114 ovoz) va Vengriya (144 ovoz) egallaydi.
BMT Bosh assambleyasi 2017-2019 yillar uchun hammasi bo‘lib kengashning 14 ta yangi a'zosini sayladi.
Bundan avvalroq 80 dan ko‘proq huquqni himoyalash va gumanitar tashkilotlar BMT davlatlarini Rossiyani Suriyadagi harakatlari tufayli kengashga kiritmaslikka chaqirgandi.
Rossiya 2016 yil oxirigacha Makedoniya bilan birga kengashda Sharqiy Yevropani bildiradi.
Mavzuga oid
09:32
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
12:13 / 19.06.2026
Moskvaga urush davridagi eng yirik hujum – suratlar
08:28 / 19.06.2026