Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Florida aeroportida samolyot qo‘nish vaqtida portlab ketdi
Florida shtatining Gollivud shahridagi Fort-Loderdeyl aeroportida Fedex kompaniyasining samolyoti yonib ketgandan keyin uning dum qismida portlash yuz berdi.
Yuk samolyoti bortida yong‘in uning qo‘nishi vaqtida yuz bergan, deb xabar bermoqda AQSh federal fuqarolik aviatsiyasi boshqarmasi tvitterda. Guvohlar tomonidan chop etilgan videoda portlash yong‘indan keyin sodir bo‘lganini ko‘rish mumkin bo‘lgan.
Boshqarma ma'lumotlariga ko‘ra, voqea samolyot qo‘nishi vaqtida shassisi buzilgani sababli sodir bo‘lgan.
Ma'lum qilinishicha, voqea sababli aeroportning uchish-qo‘nish yo‘laklaridan biri yopib qo‘yilgan.
Bu voqea bir kun ichida amerika samolyotlari bilan yuz berayotgan ikkinchi ko‘ngilsizlikdir. Avvalroq Chikagodagi O'Xara xalqaro aeroportida American Airlines aviakompaniyasining samolyoti yonib ketgani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
08:00 / 06.06.2026
Airbus 22 soatgacha parvoz qila oladigan samolyotni sinamoqda
08:36 / 15.05.2026
Floridadagi aeroportga Donald Tramp nomi beriladi
20:07 / 27.04.2026
Boeing dunyodagi eng katta va qudratli ikki dvigatelli yuk samolyotini taqdim etdi
20:48 / 05.04.2026