Jahon | 10:03 / 29.10.2016
4976
1 daqiqa o‘qiladi

Kanada Latviyaga harbiylarini va HDK kemasini joylashtiradi

Foto: natoassociation.ca

Kanada Latviyaga 455 nafar harbiy xizmatchisi, aviaguruhi va harbiy-dengiz kuchlari kemasini joylashtiradi, deya xabar qilmoqda TASS agentligi. Bu haqda, Kanada milliy mudofaa vaziri bayonot bergan. 

«Quruqlikdagi guruh 455 kishiga yetadi. Bu guruhga qo‘mondonlik ofitserlari, motopiyoda rotasi, qo‘llab-quvvatlash xizmati va transport xodimlari ham kiradi», — deyiladi vazirlik xabarida. 

Bundan tashqari, Latviyaga CF-18 rusumidagi qiruvchi-bombardimonchi samolyotlar guruhi yuboriladi. Shu bilan birga, Kanada harbiy-dengiz kuchlari fregati doimiy ravishda navbatchilik qiladi. 

Vazirlikning ta'kidlashicha, Latviyada harbiylarning joylashtirilishi — «Sharqiy va Markaziy Yevropada NATO bo‘linmalarini kuchaytirish borasida Kanadaning qo‘shayotgan hissasidir».
 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid