"Nigeriyalik dahshat" laqabli bokschi ikki yillik tanaffusdan keyin ringga qaytdi
O‘ta og‘ir vazn toifasida WBC talqini bo‘yicha sobiq jahon chempioni, "Nigeriyalik dahshat" laqabi bilan taniqli bo‘lgan nigeriyalik bokschi Semyuel Piter ikki yillik tanaffusdan keyin ringga qaytdi. Uning tanaffusdan keyingi birinchi jangi u rossiyalik bokschi Oleg Maskayevni nokautga uchratib, WBC unvonini qo‘lga kiritgan Meksikada bo‘lib o‘tdi. Bu haqda boxing-mma.com xabar bermoqda.
36 yoshli bokschi uncha ma'lum bo‘lmagan meksikalik Xuan Karlos Salasga qarshi ringga chiqib, jangning 3-raundida texnik nokaut bilan g‘alabani qo‘lga kiritdi. Piterning bu jangdagi vazni 118,6 kg ni tashkil qilgan, vaholanki ikki yil avval, uning oxirgi jangidagi vazni 132 kg bo‘lgan.
Piter g‘alabadan so‘ng o‘ta og‘ir vazn toifasida ishtirok etuvchi bokschilar reytingining 150-o‘rniga qo‘yildi. Nigeriyalik bokschining hisobida 36 ta g‘alaba va 5 ta mag‘lubiyat bor.
Mavzuga oid
21:31 / 21.09.2024
AQShda Meksika narkokarteli boshlig‘ining o‘g‘li sud qilindi
10:50 / 21.09.2024
Putin Sheynbaum inauguratsiyasida qatnashish uchun Meksikaga bormaydi
23:33 / 23.08.2024
Meksika elchining bayonoti sabab AQShga nota yubordi
20:00 / 10.08.2024