Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2018 yildan boshlab ralli-krossda elektrokarlar poygasi joriy qilinadi
2018 yildan boshlab Amerikaning Red Bull Global Rallycross (GRC) ralli-kross chempionatida elektrokarlar poygalari joriy qilinadi. Bu oddiy tasnifdagi — Supercar va GRC Lite poygalari kabi uikendlarda o‘kaziladigan alohida bellashuvlar seriyasi bo‘ladi. Bu haqida "Motor" nashri xabar qildi.
Amerika ralli-krossida ikki soniyadan kam vaqt ichida "yuz"gacha tezlashishga qodir 600 kuchga ega avtomobillar qatnashadi. Poyga elektrokarlarining texnik jihatlari hozircha oshkor etilmadi.
Red Bull Global Rallycross'ning oltinchi mavsumi sentabr oyida yakunlandi. Bu yilgi chempion Volkswagen Andretti Rallycross jamoasi sharafini Beetle xetchbekda himoya qilgan Skott Spid bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinni uning sherigi Tanner Faust egalladi. Faust mazkur GRC'ning ikki karra chempioni hisoblanadi. Ishlab chiqaruvchilar o‘rni quyidagicha belgilandi: Volkswagen, Ford, Honda va Subaru.
GRC'dan tashqari, FIA shafeligida World Rallycross Championship - ralli-kross bo‘yicha jahon chempionati ham o‘tkaziladi. Bu yilgi mavsumda birgina Argentinadagi poyga qolgandi, biroq unda muddatidan ilgari g‘olib nomi e'lon qilindi - Mattias Ekstrem. U Audi S1'da o‘z jamoasi uchun ishtirok etadi.





Mavzuga oid
15:35 / 13.02.2026
“Yosh tadbirkorlar” chempionati yo‘lga qo‘yiladi
08:30 / 04.12.2024
O‘zbekiston 2027 yilda qilichbozlik bo‘yicha jahon chempionatiga mezbonlik qiladi
08:10 / 11.09.2024
O‘zbekiston ilk bor sumo bo‘yicha jahon chempionatida medal oldi
16:05 / 03.06.2019