Özbekistonlik sportçi Durdona Abdujabborova sumo böyiça 25-jahon çempionatida bronza medalini qölga kiritdi, deb xabar berdi «Dunyo». Bu Özbekistonning uşbu sport turi böyiça xalqaro maydondagi ilk yutuği böldi.

7−8 sentabr kunlari Polşaning Krotoşin şahrida jahon çempionati bölib ötdi. Turnirda 33 davlatdan 200 nafarga yaqin sportçi iştirok etdi. Özbekiston şarafini Abduqodir Usmonov (80 kilogrammgaça), Mahmudjon Maqsudov (115 kilogrammgaça), Faridaxon Tölaşova (73 kilogrammgaça) va Durdona Abdujabborova (mutlaq oğir vazn) himoya qildi.

Abdujabborova öz toifasida Estoniya, Polşa va Ukrainadan kelgan raqiblari bilan ötkazilgan janglarda ikkita ğalaba va ikkita mağlubiyat qayd etdi va bu unga uçinçi örinni egallaş imkonini berdi. U bronza medalni yaponiyalik sportçi Ayri Hisano bilan baham kördi. Norvegiyalik Katrin Frilset kumuş medalni qölga kiritgan bölsa, ukrainalik Irina Paseçnik çempionlik unvoniga sazovor böldi.