Çempionat doirasida 100 tagaça biznes va startap loyihalarning har biriga Yoshlar tadbirkorligini rivojlantiriş davlat maqsadli jamğarmasi hamda Yoshlar ventures vençur jamğarmasi mablağlari hisobidan 1 mlrd sömgaça investitsiya kiritilişi nazarda tutilgan.

Şuningdek, startap va biznes loyihalarni brendga aylantiriş maqsadida moliyaviy va marketing xizmatlari böyiça ekspertlarni jalb qiliş xarajatlari ham qoplab beriladi. Bu xarajatlar BHMning 100 baravarigaça miqdorda Yoshlar tadbirkorligini rivojlantiriş davlat maqsadli jamğarmasiga ajratilgan mablağlar doirasida tölab berilişi belgilangan.

Qarorda yana bir muhim mexanizm sifatida, Yoshlar tadbirkorligini rivojlantiriş davlat maqsadli jamğarmasi kengaşi çempionat ğoliblarini davlat mukofotlari, şuningdek “Faol tadbirkor” va “Özbekiston belgisi” kökrak nişonlariga tavsiya etiş uçun vakolatli organlarga taklif kiritişi közda tutilgan.

Bundan taşqari, 2026 yil 1 apreldan “Raqamli startaplar” dasturida iştirok etuvçi startap loyihalarga IT-park rezidenti maqomi berilişi va ularga qonunçilikda belgilangan eksportning minimal körsatkiçlari talabisiz tegişli imtiyoz va preferensiyalardan foydalanişga ruxsat berilişi qayd etilgan.

Şuningdek, 2026 yildan boşlab har yili “Startap ekspo” körgazmasini ötkaziş amaliyoti yölga qöyilişi belgilangan.