Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bishkek aeroportida bomba borligi haqida yolg‘on xabar berishda gumonlanuvchi ushlandi
Foto: © Flickr
Qirg‘izistonda huquq-tartibot muassasalari xodimlari Bishkekdagi "Manas" aeroportiga bomba qo‘yilgani haqida yolg‘on xabar bergan kimsani ushlashdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
Ta'kidlanishicha, Bishkek shahri ichki ishlar boshqarmasi navbatchilik pultiga Bishkek-O‘sh reysi samolyotida bomba qo‘yilgani haqida xabar tushgan. Shundan keyin reysning barcha yo‘lovchilari evakuatsiya qilinganlar. Biroq aniqlanishicha, xabar yolg‘on bo‘lib chiqqan.
Militsiya va favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari bomba haqidagi qo‘ng‘iroq amalga oshirilgan xonadonni topishgan. Uyda bir erkak rafiqasi va farzandi bilan turishi aniqlangan. Erkak "mast holatda yoki giyohvand moddalar ta'siri ostida" bo‘lgan.
Militsiya xodimlari tafsilotlarni aniqlashtirish uchun erkakni olib ketishgan.
Mavzuga oid
10:10 / 28.11.2025
Bishkekda Putin tashrifi oldidan Ukraina elchixonasi ulkan LED-ekran ortiga “bekitildi”
19:21 / 10.11.2025
Birgina hazilni deb aeroportda favqulodda holat e’lon qilindi
22:26 / 11.10.2025
Qirg‘izistonda poytaxtni ko‘chirish haqida gapirildi
08:13 / 22.09.2025