Jahon | 18:44 / 31.10.2016
5346
2 daqiqa o‘qiladi

Yevroparlament rahbari Turkiyada ommaviy siyosiy tozalashlar bo‘layotganini aytdi

Foto: AP

Turkiya hukumati mamlakatda siyosiy sabab bilan "ommaviy tozalashlar" o‘tkazmoqda. Bunday fikrni Bryusselda Anqarada Cumhuriyet turk muxolif gazetasi bosh muharriri Murot Sabunjaning hibsga olinishiga izoh berish davomida Yevroparlament rahbari Martin Shults aytdi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.

"Men YeIda Turkiya fuqarolari davlat to‘ntaruviga urinishdan keyin demokratiya uchun qanday jasorat bilan kurashganlaridan hayratlanganlarini aniq aytganman. Biroq davom etayotgan ommaviy tozalashlar huquqiy va xavfsizlik uchun qilingandan ko‘ra ko‘proq siyosiy sabab bilan amalga oshirilayotganga o‘xshamoqda", deb aytdi Shults.

Shultsning aytishicha,  Sabunja va Cumhuriyet’ning boshqa jurnalistlarining hibsga olinishi Turkiya so‘z erkinligini buzish sohasidagi qizil chiziqni yana bir marotaba kesib o‘tganidan darak beradi. "O‘lim jazosi bo‘yicha debatlar, merlarning ushlanishi, universitetlardagi tayinlovlar: turk hukumati birlashishdan ko‘ra qutblanishga intilmoqda", deb qo‘shimcha qildi Shults.

Sabunja terrorchilik tashkilotlariga ko‘mak berishda gumon qilinib hibsga olindi. Mahalliy NTV telekanalining ma'lum qilishicha, gazetaning yana 13 xodimiga nisbatan hibsga olishga orderlar berilgan. Ulardan ba'zilarining uyida tintuvlar o‘tkazilgan. Jurnalistlar Kurdiston ishchi partiyasi va "Fathullachilar terrorchilik tashkiloti (FeTO) a'zolari bo‘lmay turib, ularga chop etayotgan materiallari  orqali ko‘mak ko‘rsatganlikda gumon qilinmoqdalar.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid