Jahon | 17:52 / 31.10.2016
4400
2 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston prezidenti «Referendum to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi

Foto: Sputnik

Almazbek Atambayev Qirg‘iz Respublikasi Jogorku Keneshi tomonidan qabul qilingan «Referendum to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi, deb xabar qilmoqda davlat rahbari axborot siyosati bo‘limi. 

Xabarlarga ko‘ra, hujjat referendum o‘tkazishga oid qonun talablarini Qirg‘iziston konstitutsiyasi, «Prezident va Jogorku Kenesh deputatlarini saylash to‘g‘risida», «Saylovlar va referendumlarni o‘tkazuvchi saylov komissiyalari to‘g‘risida», «Qirg‘iz Respublikasi xalq qonunchilik tashabbusi to‘g‘risida»gi qonunlariga moslashtirish maqsadida qabul qilingan.

Unda ta'kidlanishicha, referendum, Qirg‘iziston yoki uning ayrim hududlarida joriy etilgan harbiy yoki favqulodda holatlar vaqtida o‘tkazilmaydi. 
Qonun ovoz berish jarayoni buzilishi va ovozlarning qalbakilashtirilishiga yo‘l bermaydigan avtomatlashtirilgan texnologiyalarni joriy qilishni, fuqarolarning biometrik ma'lumotlaridan foydalanish, referendum qatnashchilarining elektron ro‘yxatini tuzish imkonini ko‘zda tutadi. 

Unda, shuningdek, referendumda berilgan ovozlarni sanash va natijasini e'lon qilish tartibiga oydinlik kiritilgan. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid