Jahon | 12:39 / 31.10.2016
4478
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada muxolifat gazetasining bosh muharriri qo‘lga olindi

Foto: Reuters

Turkiya muxolifatining Cumhuriyet gazetasi bosh muharriri Murat Sabunju mamlakat huquq-tartibot idoralari tomonidan qo‘lga olindi, deb xabar qilmoqda CNN Turk telekanali.

Shu bilan birga, nashr saytining yozishicha, gazetaning ayrim rahbarlari va mualliflari, xususan Sabunjuning uyida tintuv o‘tkazilgan. 

Ammo, hozircha, jurnalistni ushlash va tintuv o‘tkazish sabablariga oydinlik kiritilmagan. 

Taxmin qilinishicha, huquq idoralari jurnalistning muxolifat diniy arbobi va rahbari Fathulloh Gulen bilan ehtimoliy aloqasini aniqlashni istagan bo‘lishi mumkin. Gulen Turkiya rahbariyati tomonidan 2016 yil 16 iyulga o‘tar kechasi sodir etilgan harbiy davlat to‘ntarishiga urinishning bosh tashkilotchisi sifatida baholanmoqda. 

Iyul oyida Turkiya hukumati 42 nafar jurnalistni davlat to‘ntarishiga aloqadorlikda gumon qilib hibsga olishga buyruq bergan edi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid