Jahon | 20:54 / 01.11.2016
6402
1 daqiqa o‘qiladi

Afg‘onistonda to‘yga ketayotganlar minada portlab ketdi

Foto: © AFP

Afg‘oniston shimolidagi Parvon viloyatida to‘yga ketayotgan 7 kishi yo‘l chetiga qo‘yilgan mina portlashi oqibatida halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Assoshieyted Press axborot agentligi. 

Voqea 1 noyabr peshinga yaqin sodir bo‘lgan. Viloyat rahbarining aytishicha, barcha halok bo‘lganlar o‘zaro qarindosh bo‘lganlar. Ular viloyatning nisbatan xavfsiz hisoblanuvchi tumanida minaga tushib qolishgan.

Ayni vaqtda birorta radikal guruh portlash uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan. Politsiya voqeani tergov qila boshladi.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid