Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya razvedkasi Rossiyadan kelib chiqayotgan tahdidlarni ma'lum qildi
Buyuk Britaniya MI5 boshqarmasi rahbari Endryu Parkerning bayonot berishicha, Rossiyaning «kuchayib borayotgan tahdidi» Birlashgan qirollikka nisbatan xavf soladi, deb yozmoqda The Guardian gazetasi.
«Rossiya ko‘proq G‘arbga qarshi chiqish va shunga muvofiq harakat qilish bilan o‘zini namoyish etishga urinadi», — degan Parker.
Britaniya razvedkasi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, «Rossiya o‘nlab yillar mobaynida yashirin xavf bo‘lgan, biroq, endilikda tahdid solishning zamonaviy usullari mavjud». MI5 boshlig‘i o‘z so‘zlariga Rossiyadan kelib chiquvchi kibertahdidlarni misol qilgan.
«Rossiya tashviqot, josuslik va kiberhujumlarni amalga oshirish va xorijdagi tahdidli siyosatini yuritishda davlat organlarining keng qamrovli vakolatlaridan foydalanmoqda. Rossiya Yevropa va Britaniyada ishlamoqda. MI5 vazifasi bunga qarshilik ko‘rsatishdan iborat», — deya bayonot bergan Britaniya razvedkasi rahbari.
Parkerning qo‘shimcha qilishicha, hozirgi vaziyat Sovuq urush davridan rivojlangan kiberqurol mavjudligi bilan tubdan farq qiladi.
Avvalroq, FQB rahbari Jyeyms Komi xakerlik hujumlarida Rossiyani ayblashga qarshi chiqqan edi.
Mavzuga oid
16:23 / 11.06.2026
Armaniston hukumati geosiyosiy kursini o‘zgartirish uchun xalqdan mandat oldi - siyosatshunoslar
14:20 / 11.06.2026
Rossiyadan ketgan fuqarolarning mol-mulki xatlanishi mumkin
18:53 / 10.06.2026
Qozog‘iston Rossiya gazining O‘zbekistonga tranzitini oshirishga tayyorligini ma’lum qildi
08:45 / 09.06.2026