Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
iPhone 8 simsiz quvvat bilan ta'minlanadi
Apple kompaniyasi 2017 yilda ishlab chiqaradigan iPhone qurilmalari simsiz zaryadlash texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Nikkei resursining xabar berishicha, Apple bilan eng yirik shartnoma imzolagan Foxconn kompaniyasi ana shunday modellar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan.
Yangi smartfonlar 2017 yilning sentabrida taqdim etiladi. Qurilmalar iPhone 7'dan jiddiy farq qilgani uchun ular iPhone 7s emas, iPhone 8 nomini oladi.
Simsiz zaryadlash texnologiyasi bu yilgi smartfonlarda kutilgan edi, axir texnologiya asosiy raqib Samsung'ning flagmanlari tomonidan qo‘llanadi. Biroq Apple, aftidan, yangi texnologiyani tatbiq etishni keyingi yilga qoldirishga qaror qilgan.
Foxconn hozirda zaryad modullari rentabelligiga erishishga harakat qilmoqda. Bundan tashqari, kompaniya ishlab chiqarish hajmini kerakli darajaga ko‘tarishi kerak.
Apple va Foxconn bu borada hech qanday izoh berishmadi.
Bundan avval iPhone 8 qurilmalariga OLED-ekranlar qo‘yilishi haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
11:30 / 10.06.2026
Yangi Siri: Apple sun’iy intellekt poygasiga jiddiy qo‘shildi
18:12 / 09.06.2026
Tezkor iOS 27 va Siri chat-bot sifatida - Apple taqdimoti
22:14 / 28.05.2026
iPhone o‘g‘rilaridan himoyalanishning yangi usuli ishlab chiqilmoqda
18:27 / 08.05.2026