Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiyada ikki kun ichida 700 dan ko‘proq zilzila qayd etildi
Italiyaning markaziy qismidagi Marke va Umbriya viloyatlari chegarasida 30 oktabrdagi 6,5 magnitudali zilziladan keyingi ikki kun ichida 700 dan ko‘proq zilzila qayd etildi.
1980 yildan beri eng kuchli deya qayd etilgan zilzila 30 oktabrda mahalliy vaqt bilan soat 07:41da yuz bergan. Ma'lumotlarga ko‘ra, zilzila markazi 10 km chuqurlikda Norcha shahri yaqinida bo‘lgan. Zilzila butun Italiya bo‘ylab, jumladan poytaxt Rim va boshqa yirik shaharlarda sezilib turgan.
Ma'lum qilinishicha, umumiy hisobda 4-5 magnitudali 18 ta, 3-4 magnitudali 301 ta va 3 magnitudadan kam bo‘lgan 403 ta zilzila qayd qilingan.
Seysmologlarning ta'kidlashicha, bu zilzilalar oqibatida zilzila markazida tuproqning cho‘kishi 25 santimetrni tashkil qilgan. Bundan avval 24 avgustda sodir bo‘lgan zilzila oqibatida ham tuproq 20 santimetrga cho‘kkandi.
Oxirgi uch oy ichida Italiya markazida uchta yirik zilzila yuz bergan. Ulardan birinchisi 24 avgustda kuzatilgan va 298 kishining umriga zomin bo‘lgan. 26 oktabrda taxminan shu hududda bir qator zilzilalar bo‘lib o‘tgan, ulardan eng kuchlisi quvvati 5,9 magnitudani tashkil qilgan. 30 oktabrda 6,5 magnitudali uchinchi yirik zilzila qayd etilgan.
Oxirgi ikki zilzilada qurbonlar bo‘lmagan, biroq Italiyaning 4 ta viloyati – Marke, Umbriya, Latsio va Abrutstsodagi taxminan 100 ta shahar va qishloqda jiddiy vayronagarchiliklar qayd qilingan. Italiya fuqarolik mudofaasi rahbarining aytishicha, o‘tgan yakshanbadagi zilzila oqibatida 20 kishi yengil jarohat olgan, biroq 40 mingga yaqin odam boshpanasiz qolgan.
Mavzuga oid
09:08
Italiya va AQSh o‘rtasida yangi diplomatik mojaro yuzaga keldi
20:51 / 19.06.2026
«Italiya va men hech qachon yolvormaymiz» - Meloni Trampga keskin e’tiroz bildirdi
10:10 / 18.06.2026
O‘zbekistonlik shifokorlar Italiyada 5 ming yevrogacha maosh olishi mumkin
11:00 / 10.06.2026