Jahon | 07:35 / 01.11.2016
3434
1 daqiqa o‘qiladi

Kanada 2017 yilda 300 ming muhojir qabul qilmoqchi

Foto: Getty Images

Kanada keyingi yilda 300 ming muhojir qabul qilmoqchi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda. 

Kanada hukumatidagi iqtisodiyot bo‘yicha maslahat kengashi hukumatga birinchi navbatda mamlakatga tadbirkorlar va talabalarni qabul qilishga e'tiborni qaratishni taklif qildi. Ta'kidlanishicha, mamlakatning yirik biznesi vakillari davlat muhojirlarni qabul qilish chegarasini 5 yil ichida 500 minggacha ko‘tarmaganidan afsuslanish bildirganlar.

May oyida Kanada muhojirlarga nisbatan xayrixohlik bo‘yicha yetakchi davlatlar qatoriga kirishi ma'lum qilingandi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid