Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya chempionatida videotakrorlar tizimi paydo bo‘lishi mumkin
Foto: Sports.ru
Rossiya futbol premer-ligasi prezidenti Sergey Pryadkin keyingi mavsumdan ligada videotakrorlar tizimi kiritilishi mumkinligini aytdi.
"Videogol" tizimi – global mavzu. Biz uni premer-liga, liga strategiyasi bo‘yicha qo‘mita yig‘ilishlarida muhokama qilganmiz. Yangi texnologiyalar bilan bog‘liq savol va takliflar bisyor. Hatto ko‘pchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan shunday taklif bor, ya'nikim bir uchrashuv davomida har bir jamoa uchun 2-3 ta videotakror imkoniyatiga yo‘l qo‘yish. Bu o‘yin dinamikasini buzmaydi. Bundan tashqari, gap juda "nozik" deb ataluvchi vaziyatlar, avvalambor, darvozaning ishg‘ol qilinishi, qizil kartochka ko‘rsatilishi, yaqqol "o‘yindan tashqari holat" kabilar haqida ketmoqda. Biz buni asoslab beramiz va Rossiya futbol ittifoqi bilan birga buni ijroiya qo‘mita muhokamasiga olib chiqamiz. U yerda bu zarur deb topilsa, videotakror tizimini kiritish qarorini qabul qilamiz.
Gap bu mavsum emas, keyingi mavsum haqida ketmoqda. Premer-liga klublarida videotakror imkoniyati paydo bo‘lishi mumkin. Albatta, bu qaror faqatgina RFI roziligi bilan qabul qilinishi mumkin", deb Pryadkin aytgan so‘zlarni "Sport-Ekspress" nashri keltirib o‘tdi.
Mavzuga oid
22:51 / 04.04.2026
Superliga. “Neftchi” yana yirik g‘alabaga erishdi, “Buxoro” mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qildi
16:56 / 03.04.2026
Eron futbolida nima gap?
10:00 / 29.03.2026
Lixachyov aytgan trillionlar va budjet gardanidagi futbol - hafta dayjesti
15:28 / 28.03.2026