Jamiyat | 14:40 / 01.11.2016
16432
2 daqiqa o‘qiladi

Usoma bin Lodinning akasi Shotlandiyada muvaffaqiyatli biznes yuritmoqda

Foto: Twitter/DailyMirror

Marhum "Al-Qoida" yetakchisining akasi Bakr Muhammad bin Lodin Glazgoda (Shotlandiya) talabalar uchun elita studiya-kvartiralarni ijaraga bermoqda. Bu haqida Daily Mail nashri xabar berdi. 

"Al-Qoida" terrorchilik guruhining akasi 68 yoshli Bakr Muhammad bin Lodin Shotlandiyada yaxshi ta'minlangan oila farzandlariga elita ko‘chmas mulkini ijaraga berish bilan shug‘ullanadi. 

Glazgodagi eng nufuzli tumanlardan biridagi yangi qurilgan Woodside House Bakr bin Lodinga tegishli ekani ma'lum bo‘ldi. Saudiyalik magnat 2014 yilda qurilish uchun yer sotib olgandi va endi mahalliy oliy ta'lim muassasalarida tahsil oluvchi talabalarga ijaraga uy bermoqda. Terrorchilar yetakchisining ukasi ijaraga beruvchi studiya-kvartiralar narxi taxminan 13 ming funt sterling. Har bir kvartirada ziyofatlarga mo‘ljallangan xona, uy kinoteatri va sport zallari mavjud. 

Ijarada turuvchi talabalarning aksariyati uy egasi kimligini bilishmaydi. 

— Uy bu insonga tegishli ekanligidan juda hayratdaman. O‘ylashimcha, ijarachilar bunda ma'lum bir xavfni ko‘rishlari mumkin, - deydi Woodside House'da yashovchi muhandislik fakultetining 26 yoshli talabasi. 
 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid